Zoʻr restoran ekan. Kecha mastavani oʻzim bilan olib ketishga olgan edim, 1 litli bankada berishdi. Bugun tovuq shoʻrva aytgan edim, ovqat kechikib ketgach, restoran nomidan u kelguncha yana boshqa shoʻrva olib kelib berishdi. Minus tarafi ofitsiantlar sekin ishlar ekan.
Yaxshi, shinam va toza mehmonxona. Shahar markazida va vokzalga yaqin yerda joylashgan. Xizmat safari bilan 2 kun turdim. Xoʻjayinlari samimiy va xushmuomala odamlar, nonushtalari Shved stoli emas, lekin har kuni har xil va ajoyib. Chiqib ketayotgan chek ham berishadi. Narxlari kishi boshiga 250 ming soʻmdan boshlab.
Yaxshi mexmonxona. Faqat rakvinasi kichkina ekan, yuvinish ham, elektr choynakka suv toʻldirish ham qiyin boʻldi. Komandirovkaga borib 4 kun turdim. Eng yaxshisi toʻlovdan soʻng kvitansiya bilan chek berishar ekan!