Bozorda eng arzon poligrafiya mahsulotlarini taklif qilishyapti. Hamma mahsulotlarni tayyor yozilgan prays narxlari bor ekan. Boshqa poligrafiyalarga o’xshab duch kelgan narxni aytishmaydi.
InBazar kiyimlari sifati o’rtacha. Lekin narxiga arzidi. Assortiment ko’p. Bitta kamchiligi kassada navbat ko’payib ketadi. Kassalani ko’paytirish kere. Shunaqa kotta do’konga 2 ta kassa kamlik qiladi
Bog’ judayam kotta. Lekin infrastruktura rivojlanmagan. Tez o’sadigan daraxt ekishshi o’rniga bizani klimatga mos kemidigan daraxtla ko’p ekilgan. Buncha kotta territoriyaga xojatxonala juda kamli qiladi. Ayniqsa bayram kunlari odam ko’p bo’ladi. Bu eng asosiy kamchilik
Toshkendegi eng zo’r sammoyka. Shampunlari sifatli va sepganda ko’p bo’lib sepiladi. Maksimum 20.000 so’mga bitta moshinani yuvib ketsa bo’ladi. Moykadan keyin moshinani artib quritadigan kotta joyi bor. Pilesos tekin, kampressoram bor. O’zini magaziniyam bor avtoaksessuar sotadigan. Moykani yonginasida METAN zapravkayam bor. Xullas hammasi zo’r
92 benzin quydim shu zapravkadan. Lekin benzin sifati juda past. Kamiga qimmat. Ko’p zapravkalada 92 benzin 10400, 10500 bu yerda 11100. Sal qimmatroq. Balkim Toshkent markazida joylashgani uchun bo’sa kere