Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Allohning inoyati bilan Umra safariga borishlik nasib qildi.
Umra ziyoratidan ayrim taassurotlarimni yozmoqchiman. Aslida bu niyat safar paytida tug’ilgandi, ammo buning imkoni bo‘lmadi, chunki u yerda har bir daqiqangizni qizg‘onar ekansiz.
O’g’lim Umra safariga “Xurmo Travel” sayyohlik agentligi xizmatidan foydalanishni tanlab adashmagan ekan, xizmatlar yaxshi tashkillanganligi sababli barcha hamsafar ziyoratchilarda qiyinchilik bo’lmadi.
Farg‘ona xalqaro aeroportidan hech qanday qiyinchiliksiz samolyotga chiqib Umra safariga ketdik. Allohga shukur, sabrli, sodda ochiqko‘ngil insonlar bilan hamsafar bo’ldim.
Safarimizni boshidan oxirigacha bizdan ajralmasdan, doimo yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib yurgan ellik boshi Islomiddin xoji Haydarovga alohida minnatdorchilik bildiraman. Islomiddin xojidan Alloh rozi bo‘lsin, ilohim “Xurmo Travel”da shu insonga o‘xshagan odamgarchiligi bor, diniy va dunyoviy ta’lim olgan, bilimli, zukko, xozirjavob ellikboshilar ko‘payaversin.
Jidda shahrida bizlarni avtobusda Madinaga olib ketishdi. Umuman olganda safar davomida har bir guruhga alohida avtobus biriktirilar ekan va barcha joyga olib yurar ekan. Umra davomida deyarli qo‘shimcha transportga zaruriyat bo‘lmadi.
Madinadan Makkaga borish-kelish, ushbu ikki shahardagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qildirish davomida Islomiddin xojining fiqx ilmi va islom tarixidan yaxshi xabardorligi bizga juda katta foyda berdi. Yana bir bor Islomiddin xoji Haydarovga o’zim va barcha “Umra Xurmo 168-a guruhi”dagi xojilar nomidan minnatdorchiligimni bildiraman.
Allox taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida faqix va sobitqadam boʻlishga muvaffaq qilsin hamda barchadan ibodatlarini qabul etsin. Darhaqiqat, U saxovatli karim zotdir.