Ortoped rentgensiz ham tashxis qo'yish mumkin bo'lgan vaqtda 1 yoshli bolaga rentgenga tushishga ko'rsatma bergan. Hozirgi zamonda rentgenga o'ta zarur hollarda tushiladi. Shunday zamonda shifokorlarimiz rentgenga haligacha ko'rsatma yozib berishmoqda. Men buni bemorni pulini keraksiz sarflash va uni sog'ish deb qabul qildim. Hurmatli vatandoshlar, agar sizga yoki farzandingizga rentgenga ko'rsatma berishsa, shifokordan buni o'ta zarur yoki zarur emasligini so'rab oling. Rasmiy ko'rsatma qog'ozda imzolab berishini so'rang.