U
Ulmasbek M.
U
7
Ulmasbek M.
5
subscribers
1
subscription
71.7K
views
Reviews
17
Guides
Photos
52
Navoi Presidential School
Navoiy · Boarding school
Save
September 2026
Navoiydagi eng ajoyib maktablardan biri, STEM fanlari (Kimyo, Biologiya, Fizika, İnformatika, Biznes, Ekonomika, Matematika va khz) ingliz tillarida olib boriladi. O'quvchilarning Xalqaro hamda mahalliy olimpiadalardagi natijalari ham juda ajoyib. Bu yerda o'quvchilarga nafaqat o'quvchi, balki ularga bizning kelajagimiz deb qaraladi.
Raboti Malik Caravanserai
Karmana District · Landmark, attraction
Save
September 2026
Ushbu karvonsaroyga tashrif buyursangiz uning peshtoq qismi hamda unga kirganda chap tarafdagi qismida tarixiy obidalar saqlanganining guvohi bo'lasiz, bu yer atrofida Aeroport borligi ham xuddi Karvonsaroyning mantiqiy davomiga o'xshaydi. Qoraxoniylar davriga oid ajoyib majmua. Qadimda Karmana hamda Tavois (Arduq) orasida qatnovchi hamda uzoqlardan kelgan karvonlar uchun muhim logistik markaz vazifasini o'tagan.
Mosque
Karmana District · Mosque
Save
September 2026
X-XI asrlarga oid ushbu tarixiy majmua juda ham jozibador tashqi ko'rinishga ega bo'lib, deyarli o'z holicha saqlanib qolgan, bu esa uning tarixiy ahamiyatini yana-da oshiradi.
Kasym Sheikh Mausoleum
Karmana · Landmark, attraction
Save
September 2026
Ushbu tarixiy qadamjo - boy tariximizning bir bôlagidir. XVI asrga oid Qosim Shayx qabri hamda Buxoro amirligi amirining qabrlari mavjud. Juda ham ajoyib me'morlik majmuasi. Samarqanddagi tarixiy yodgorliklar qatori teng ahamiyatga ega.
Маэстро
Navoi · Cafe
Save
September 2026
Shahardagi ajoyib kafelardan biri, tinch, sokin joyda joylashgan, katta ekranda 90-hamda 2000-yillar boshlariga oid qo'shiqlar ijro qilinishi sizni beg'ubor yoshligingizga qaytargandek bo'ladi. Taomlari ajoyib, mazzali, hamyonbop.
Kindergarten
Navoi · Kindergarten, nursery
Save
September 2026
Ajoyib xususiy bolalar bog'chasi, bolalarga juda yaxshi e'tibor berishadi, İngliz hamda Rus tillarini ham o'rgatishadi. To'lovlari ham ham yonbop.
Paikend
Karakul District · Museum
Save
August 2026
Tarix ixlosmandlari uchun juda ajoyib muzey, xodimlari erinmasdan har bir eksponatni tushuntirib berishadi, Eng Qadimgi sivilisatsiyalardan tortib, Sug'd hamda Arab Xalifaligi hamda undan keyingi davrlarga oid tarixiy yodgorliklar mavjud.
Railway Station Navoiy
Navoi · Railway station
Save
August 2025
Aksariyat Navoiyga temiryo'lda keluvchilar Navoiyni birinchi shu yerdan kashf qilishadi, shu uchun bo'lsa kerak mo'jazgina ushbu vokzal juda shinam va ajoyib dizaynda qurilgan. Ichkaridagi do'konlardagi narsalar ham unchalik qimmat emas. Navoiyga keluvchilar hamda Navoiydan sayohatini boshlovchilar uchun bu yerda hamma sharoitlar yaratilgan. Keling, tashrif buyuring va o'zingiz baho bering!
Uzum Market
Navoi · Point of delivery
Save
August 2025
Juda ham ajoyib lokatsiyada joylashgan, buyurtmalar doimo o'z vaqtida hamda bus butun yetib keladi. Xizmat ko'rsatish ham juda a'lo darajada yo'lga qo'yilgan.
La Limonariya
Navoi · Restaurant
Save
August 2025
Limonlar orasidagi ajoyib muhit sizni o'ziga shunday jalb qiladiki, bu yerga yana va yana kelgingiz kelaveradi. Ovqatlari ham juda mazzali, xizmat ko'rsatish ham juda yaxshi tashkil qilingan.